"Manchester Siti" Sanyaga haftasiga 100 ming funt taklif qilmoqda

Aziz Tukhtamuradov
16 may 2014, 09:29
Yozda "Arsenal"ni erkin agent sifatida tark etadigan Bakari Sanya keyingi haftada "Manchester Siti" bilan muzokaralarni boshlaydi.

"Shaxarliklar" Fransiya terma jamoasining 31 yoshli futbolchisi uchun haftasiga 100 ming funt sterling taklif qilmoqdalar.

Ma'lumotlarga qaraganda, Angliya chempionlari futbolchi uchun kurashda Chelsi, Liverpul va PSJ jamoalarini ortda qoldirmoqchilar.

Futbolchi "Arsenal" jamoasining haftasiga qilgan 80 ming funt taklifini rad etdi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru