“Man Siti” va Argentina termasi sobiq himoyachisi 35 yoshida butsalarini mixga ildi

Eldor Akmurzayev
16 okt 2020, 20:00
Argentinalik Pablo Sabaleta futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

U “Manchester Siti”dagi o'yinlari bilan ko'pchilikning e'tiboriga tushgandi. 9 yil davomida “shaharliklar” sharafini himoya etgan Sabaleta 333 o'yinda maydonga tushib, 11+38 natijaga erishgan.

Shuningdek, 35 yoshli o'ng qanot himoyachisi “San-Lorenso”, “Espanol” va “Vest Xem” sharafini ham himoya etdi. Pablo so'nggi uch mavsumni aynan London klubida o'tkazdi.

Sabaleta Argentina termasi safida ham 58 uchrashuvda qatnashgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/pablo_zabaleta