Maldini: "Milan" hozircha "Yuventus" bilan raqobatlashishga tayyor emas"

Aslanov Jasurbek
17 sen 2018
"Milan" direktori Paolo Maldini "Kalyari"ga qarshi kechgan A Seriyaning 4-tur uchrashuvi (1:1) haqida fikr bildirdi.

"Milan" avvalgi nufuzini qaytarish uchun hali ko'p mehnat qilishi kerak. Biz hozircha "Yuventus" bilan raqobatlashishga tayyor emasmiz. Jamoamiz yosh, kelajakda optimizm bilan qarayapmiz. Bu jamoa o'z oldiga qo'yilgan maqsadlariga erishish uchun ko'p ter to'kishi lozim. Mentalitet ustida ham ishlashimiz kerak.

Bizni Yevropa ligasi kutib turibdi, u orqali Chempionlar ligasiga yo'llanma olishimiz mumkin" - deydi Maldini.

A Seriya turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttomercatoweb