Malayziya Superligasi. Yetakchilar bahsida Quvondiq Ro'ziev jamoasi ustun keldi

Omonjon To`xtamirzayev
10 iyul 2023, 14:17
Kecha Malayziya Superligasi navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Maylayziya chempionatining 16-turi doirasida hamyurtimiz Quvondiq Ro'ziev to'p tepayotgan "Shri Poxang" o'z uyida asosiy raqobatchisi "Selangor"ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlar foydasiga 1:0 hal bo'ldi. Yagona gol 50-daqiqada Kevin Ingreso tomonidan kiritildi. 

O'zbekistonlik futbolchi Quvondiq Ro'ziev esa 78-daqiqada o'z o'rnini Rafael Silvaga bo'shatib berdi. 

Shunday qilib, 16-turdan keyin "Joxor Darul Tazim" 100%lik natija (48 ochko) bilan yaqqol yetakchi, "Shri Poxang" va "Selangor" hisobida esa endilikda 34 tadan ochko mavjud.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia