O'zbekiston terma jamoasining 11 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi yakuniga etdi

Aslanov Jasurbek
13 okt 2025
O'zbekiston terma jamoasi bugun Malayziyada Urugvay bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Bahsda janubiy amerikaliklarning qo'li baland keldi (1:2). Kannavaro shogirdlarinig yagona golini Ruslanbek Jiyanov urishga muvaffaq bo'ldi.

Shunday qilib, O'zbekiston terma jamoasining mag'lubiyatsiz seriyasi 11 o'yindan so'ng yakuniga etdi. O'zbekistonliklarning bundan avvalgi mag'lubiyati JCH-2026 uchinchi saralash bosqichida Qatarga qarshi bahsda bo'lgan edi. O'shanda Srechko Katanets qo'l ostidagi jamoa Al Rayyan shahrida 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia