

Ikkala jamoa safida ham hamyurtlarimiz o'ynashidan xabaringiz bor. E'tiborlisi mezbonlar safida Farhod Tojiev, mehmonlar tarkibida Pavel Smolyachenko penaltidan gol urishdi. Penaltilar seriyasida "T-Tim" 4:2 hisobida g'alaba qozonib keyingi bosqichga chiqdi.
"T-Tim" tarkibida Farhod Tojiev bilan Dilshod Sharofetdinov ham maydonga tushdi. "ATM" safida esa Smolyachenko bilan birga Iqbol Boboxonov maydonga tushdi.
"T-Tim" - "ATM" 1:1
Gollar: Farhod Tojiev 51 penalti - Pavel smolyachenko 7 penalti







