Maykl Ouen: Agar Suares Arsenalga o'tishga qaror qilsa hayratga tushaman
Narzulla Saydullayev
28 iyul 2013, 15:42
Liverpul klubi sobiq hujumchisi Maykl Ouen klub hujumchisi Luis Suaresni Arsenalga o'tishidan mano ko'rmayapti.
Arsenal, albatta, buyuk klub, ularda ulkan tarix bor, ammo Liverpul kamida ulardan buyukroq. Agar Suares u erga o'tishga qaror qilsa hayratga tushaman. Real yoki Barselona kabi klublarga o'tsa boshqa gap.