Lukash Podolski: "Arsenal" Angliya premer-ligasida g'olib bo'la oladi"

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2013, 10:49
"Arsenal"ning germaniyalik hujumchisi Lukash Podolski jamoasi yangi mavsumda Angliya chempionligi uchun kurashishi mumkinligi aytdi.
"Sovrinni qo'lga kiritish oson deb o'ylashadi, aslida unday emas, sababi chempionlikka 5-6ta klub kurashadi. Faqat Ispaniya va Germaniyada ikkita klub chempionlikka harakat qiladi, Angliyada bunday emas va raqobat o'ta yuqori. "Arsenal"da yaxshi futbolchilar, buyuk murabbiy va ajoyib muxlislar bor. Agar bularni barchasini bittaga yig'a olsak APLni yuta olamiz", - deydi Podolski Daily Mirror nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net