Luis Felipe Skolari: 1:7ni hech qachon unutmayman

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2014, 12:52
Gremio bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari Braziliya termasidagi o'z ishi haqida gapirib o'tdi.
Ikki marta Gremio bilan ishlaganman, rahbariyat va muxlislar bilan yaxshi munosabatda bo'lganman.

Menimcha hozir qaytishning ayni vaqti. Menga ishonishlari va qo'llab quvvatlashlarini kutayapman. Futbolchilar va muxlislar men tomonda ekanliklariga ishonaman.

Albatta, Braziliya terma jamoasidagi faoliyatimni yodimda tutaman. Ayniqsa Germaniyadan uchralgan 1:7 hisobidagi mag'lubiyatni hech qachon unutmayman.

Ammo bitta o'yindagi yomon natija mening yomon ishlaganimni anglatmaydi, - deydi Skolari.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru