

Ayni damda “Lokomotiv” jamoasi a'zolari yangi mavsum tadorigini boshlash oldidan qisqa tatilga chiqishgan.
Yaqinda Championat.asia saytida “Lokomotiv” jamoasi yarim himoyachisi Ikrom Aliboevning “Paxtakor” bilan kelishuvga erishgani va kelasi mavsumni aynan mana shu klub safida o'tkazishi aniq bo'lib ulgurgani haqida ma'lumot chiqdi.
Biroq “Lokomotiv” PFK matbuot xizmati shuni ma'lum qiladiki, Ikrom Aliboev hali hamon O'zbekiston chempioni a'zosi sanaladi. Futbolchining “temiryo'lchilar” jamoasi bilan amaldagi shartnomasi mavjud. Qolaversa, “Lokomotiv” “Paxtakor”dan Aliboev masalasi bo'yicha rasmiy taklif olganicha yo'q.
“Lokomotiv” jamoasidagi futbolchilarning keldi-ketdilari to'g'risida klub rasmiy saytida ma'lum qilib boramiz.




