Lochin Soliev: "Yoshligimdan Braziliya va Gollandiyaga muxlislik qilib kelaman"

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2014, 15:34
Andijonlik hujumchi Lochin Soliev navbatdagi jahon chempionatiga oid o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Bu safargi jahon chempionati juda ham qiziqarli o'tishiga shubha yo'q. Chunki barcha futbolchilar ayni kuchga to'lgan payti.

- Yoshligimdan Braziliya va Gollandiya terma jamoalariga muxlislik qilib kelaman. Chunki ularning o'yin menga juda ham yoqadi. Menimcha chempionalikni shu ikki terma jamoadan biri qo'lga kiritsa kerak.

- Ko'chpchilik Belgiya terma jamoasini kashfiyot bo'lishini tahmin qilmoqda. Men ham shu fikrdaman. Undan tashqari Rossiya terma jamoasidan ham ko'p narsa kutish mumkin.

- Futbolchilardan braziliyalik Neymarga ishqibozlik qilaman, - deydi "Andijon" a'zosi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia