"Liverpul" yaqin kunlar ichida Verner transferini amalga oshirmoqchi

Mirjalol Normatov
29 may 2020, 20:15
"RB Leyptsig" hujumchisi Timo Verner faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, germaniyalik hujumchi faqatgina "Liverpul" tarkibida o'ynamoqchi. O'z navbatida klub ham transferni tezroq amalga oshirish niyatida. Verner ayni damda mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi.

Verner ushbu mavsumda "Leyptsig" tarkibida 28 o'yinda 24 gol va 7 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira