“Lion” bosh murabbiyi: “Mourinyo mening o'rnimga kelsa, xursand bo'laman”

27 mar 2019, 20:14
“Lion” bosh murabbiyi Bruno Jenezio portugaliyalik murabbiyi Joze Mourinyo francuz klubi ustoziga aylanishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.

“Biz uni hurmat qilamiz. Mourinyo qaysi klubda ishlagan bo'lsa, ularning hammasi bilan sovrinlar yuta olgan. Men uning futbolda amalga oshirgan ishlarini yuksak qadrlayman. Joze ajoyib murabbiy. Agar u mening o'rnimni egallasa, men bu bilan faxrlanaman”, deya Jenezioning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Get French Football News.

Mourinyoning o'zi ilgariroq 2019 yilning yozida murabbiylikka qaytishi haqida aytib o'tgandi. Portugaliyalik mutaxassisning so'nggi ish joyi MYU bo'lgandi. Joze o'tgan yilning dekabrida iste'foga chiqarilgandi.


Manba: Get French Football News