"Lill" 37 yoshli futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
16 iyul 2021, 22:51
"Lill" o'z rasmiy saytida himoyachi Joze Fonte bilan shartnomaning uzaytirilganligini ma'lum qildi.

37 yoshli futbolchi yana bir mavsum davomida klub sharafini himoya qiladi. Fonte 2018 yili "Lill"ga ko'chib o'tgandi. 114 uchrashuv davomida futbolchi o'z hisobiga 8 gol va 3 assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda futbolchi jamoasi tarkibida chempionlikni qo'lga kiritdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal