

Ma'lumotlarga ko'ra, 31 yoshli fransiyalik futbolchi "Shandun Lunen" bilan muzokara o'tkazmoqda. Ayni damda muzokaralar muvaffaqiyatli davom etyapti. Futbolchi "Marsel" bilan shartnomani bekor qilish uchun klub rahbariyati bilan ham muloqot qilyapti.
Oldinroq Diarra "Marsel" bosh murabbiyi Rudi Garsiyaga klub safida o'ynashga tayyor emasligini aytgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi Fransiya chempionatining 11 ta uchrashuvida ishtirok etdi.


