Lars Bender “Manchester Yunayted”ga qarshi o'yinda o'z jamoasiga yordam bera oladi

Narzulla Saydullayev
16 sen 2013, 17:04
Liverkuzenning “Bayer” klubi va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Lars Bender Chempionlar ligasi guruh bosqichi o'yinlari doirasida “Manchester Yunayted”ga qarshi bo'lidigan o'yinda o'z jamoasiga yordam bera oladi.

Nemis OAV bergan xabariga ko'ra, futbolchi Germaniya chempionati doirasida “Volfsburg”ga qarshi o'yinda olgan jarohatdan to'liq sog'ayib ulgargan va endi jamoasining o'yinlarida ishtirok eta oladi. Biroq “Bayer” tarkibida yarim himoyachi Gonsalo Kastro oyog'idagi jarohati sababli, klubning bir nechta o'yinlarini o'tkazib yuboradi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com