Laporta: "Barselona" Pogba borasida muzokaralarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi"

Aslanov Jasurbek
3 iyul 2015, 12:43
"Barselona" sobiq prezidenti Joan Laporta "Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogbaning xaridi borasida muzokara o'tkazayotgan Ariedo Brayda va Albert Solerni tanqid qildi.

"Barselona" Pogba borasida muzokaralarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Soler va Braydaning "Yuventus" vakillari bilan uchrashuvi klub uchun salbiy ta’sir qildi. Soler futbolni tushunmaydi. Bu yerda agent Mino Rayola hal qiluvchi ahamiyatga ega. "Yuventus"ni hurmat qilaman, ammo futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirganda boshqacharoq harakat qilish kerak" - deydi Laporta.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com