

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchining xizmatlariga "Napoli" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Hujumchining o'zi ham A Seriyaga qaytishga qarshi emas.
Argentinalik 2011-2013 yillar davomida "Roma" tarkibida harakat qilib, 60 o'yinda 18 gol urgandi. Shundan keyin uni "Tottenxem" 30 mln evro evaziga sotib olgandi.
Ushbu mavsumda Lamela 31 o'yinda 4 gol va 1 assist qayd etdi.



