

"LaLiga bo'layotgan voqeliklarga o'z munosabatini bildiradi. Navbatdagi mavsumda tashkil qilinadigan Yevropa Superligasi musobaqasi qitadagi futbol piramidasini qulatadi. Buni futbol raqobatiga sun'iy tarzda putur etkazish deb hisoblaymiz.
Bugungi kunda futbol muxlislari o'z klublarining qanday statusga ega bo'lishidan qati nazar yuqori natijalar qayd etishini va Yevropa futbolida top-darajaga chiqishini hamda boshqa top-klublar bilan raqobatda bo'lishini istaydi.
Ammo ushbu musobaqada qatnashuvchi 12 klub muxlislarning ushbu orzulari amalga oshishiga yo'l qo'ymaydi va boshqa klublarning elita darajasiga chiqishiga to'sqinlik qiladi.
Yaratilayotgan Yevropa Superligasi eng egoistik g'oya bo'lib, superboylarni yanada boy qilishga mo'ljallangan. Bu esa o'yinlarning saviyasini tushirib yuborishi bilan birga LaLiganing bugungi kuni, ertasi, klublar va boshqa barcha tizimga jiddiy ta’sir o'tkazadi.
Biz barcha yo'llarni ishga solib, muhim insonlar bilan gaplashib, o'zimizning futboldagi qiziqishlarimizni himoya qilamiz va kerakli choralarni ko'ramiz", - deyiladi LaLiga bayonotida.



