La Liganing yangi mavsumida ham beshta o'zgarish qoidasi o'z kuchida qoladi

Eldor Akmurzayev
8 sen 2020
Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi (RFEF) rasmiy saytida La Liga va Segundaning 2020/21 yilgi mavsumda amal qilinadigan qoidalarni e'lon qildi.

Unga ko'ra, birinchi va ikkinchi divizion o'yinlarida beshta zaxira imkoniyatidan foydalanishni davom ettirishga qaror qilindi. Uchrashuv uchun qaydnomadan o'tadigan futbolchilarning maksimal soni esa 23 kishini tashkil etadi.

Eslatib o'tamiz, Primeraning yangi mavsumi 12 sentyabrda start oladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RFEF