

“Men mavsumni 12 iyundan davom ettirilishini xohlardim. Ammo bu o'z navbatida ko'p narsaga bog'liq. Sog'liqni saqlash tashkilotlari qachon bizga o'yin uchun ruxsat berishini hech kim bilmaydi. Ayni damda La Liganing 5 nafar futbolchisida koronavirus aniqlangan. Shuningdek, klublarning 3 nafar xodimi ham virus yuqtirib olgan”, - deydi Tebas.



