La Liga. “Vilyarreal” safarda “Selta”ni minimal hisobda engdi va birozdan so'ng boshlanadigan bahsning asosiy tarkiblari ma'lum qilindi

Eldor Akmurzayev
13 iyun 2020, 22:00
Ispaniya chempionati 28-turi doirasida “Selta” o'z maydonida “Vilyarreal” qabul qildi va so'nggi daqiqalarda gol evaziga mag'lubiyatga uchradi.

90+1 daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Manuel Trigeros raqib darvozasini ishg'ol etib, jamoasiga uch ochko keltirdi.

Selta – Vilyarreal 0:1 (0:0, 0:1)

Balaidos

Gol: 0:1 – 90 Trigeros.

Selta – Ruben Blanko, Malo (Denis Suares, 84), Arauxo, Olasa, Murilo, Rafinya (Sisto, 59), Bradarich, Diop (Aydu, 46), Ernandes (Yokushlu, 46), Aspas, Santi Mina (Smolov, 81).

Vilyarreal – Asenxo, Alberto Moreno, Mario Gaspar, Albiol, Pau Torres, Iborra (Trigeros, 67), Zambo-Angissa, Kasorla (Bakka, 58), Moyses Gomes (Morlanes, 81), Pako Alkaser (Ontiveros, 81), Jerar Moreno (Chukvueze, 58).

Ogohlantirishlar: Iborra (37), Diop (40).

Soat 22:30da esa “Valyadolid” safarda “Leganes” bilan to'qnash keladi. Uchrashuvni boshlang'ich daqiqalardan boshlaydigan futbolchilar bilan tanishing:

Leganes – Valyadolid

22.30, Butarke

Leganes – Kuelyar, Rosales, Bustinsa, Silva, Rodriges, Oskar Rodriges, Amadu, Omeruo, Mesa, Avazem, Karrilo.

Valyadolid – Masip, Nacho Martines, Moyyano, Salisu, Xoakin Fernandes, San-Emeterio, Alkaras, Raul Garsiya, Plano, Unal, Gvardiola.

TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia