Kyuyt - van bek Bek haqida: "Uning omadi kelmadi"

Mirjalol Normatov
23 fev 2021, 22:51
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Dirk Kyuyt "Manchester Yunayted"dagi vatandoshi Donni van de Bek haqida gapirdi.

"Erediviziyadan APL tomon qadam - juda katta qadam. Buni Erediviziyadan APLga o'tgan futbolchi sifatida gapiryapman.

Donnining omadi kelmadi. Chunki ayni damda APLda Brunudan zo'r futbolchi yo'q. Donni esa aynan uning poziciyasida o'ynaydi va shu sababli unga juda qiyin bo'lmoqda.

O'tgan mavsum YCHLda Donni qanday darajada ekanligini ko'rsata olgandi. Ammo biroz sabr qilish kerak. Aytganimdek, Donni juda katta qadam tashlab yubordi", - dedi Kyuyt.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal