“Kyoln” muxlislari sabab 60 000 evro jarima to'laydi

Aslanov Jasurbek
30 okt 2017
Germaniyaning “Kyoln” klubi Yevropa Ligasi doirasidagi “Arsenal”ga qarshi kechgan safar uchrashuvidagi muxlislarining tartibsizligi uchun 60 000 evro jarimaga tortildi.

Bundan tashqari, agar ikki yil davomida muxlislar bog'liq yana shunday holat takrorlansa, “Kyoln” mehmondagi o'yinlar uchun o'z ishqibozlariga chipta sota olmaydi.

Bu hali hammasi emas. Bundesliga klubi etkazilgan zararni qoplashi uchun “Arsenal” jamoasi rahbarlari bilan bog'lanishi ham kerak bo'ladi.

Ma'lumot uchun, “Arsenal” - “Keln” o'yini belgilangan vaqtdan bir soat keyin boshlangan edi. Boisi, germaniyalik chiptasi yo'q muxlislar stadionga bostirib kirishga harakat qilishgandi. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: