Kun qahramoni - Sardor Rashidov: "Keyingi o'yinlarda yanada ko'proq gollar urishga harakat qilaman"

Mirjalol Normatov
17 fev 2019, 00:22
"Nasonal" futbolchisi Sardor Rashidov bugun "Feyrense" darvozasiga uchta gol urishni uddaladi.

Uchrashuvning 12, 54 va 67-daqiqalarida gol kiritgan Sardor bahsning eng yaxshi futbolchisiga va xalqimiz uchun kun qahramoniga aylandi. O'yin tugaganidan keyin biz Sardor Rashidovning fikrlari bilan qiziqdik.

- O'yin haqida fikrlaringiz...
- O'yin juda qiziq bo'ldi. 3ta gol urib, xet-trik qayd etganimdan juda xursandman. Ushbu gollarimni vatanim, O'zbekiston xalqiga bag'ishlayman. Menga qaratayotgan e'tibor va muxlislik uchun barchaga tashakkur bildiraman va yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatib, ko'plab gollar urishga intilaman.

- Portugaliya va O'zbekiston chempionatlaridagi farq qanday ekan?
- Portugaliya - Yevropa. Bu yerda barchasi yevropacha. Futbolchilarda ishtiyoq kuchli va ular har doim o'yinga chanqoq bo'lishadi.

- O'tgan o'yindagi mag'lubiyatdan keyin ruhiy tushkunlikka tushmadingizmi?
- Yo'q. "Benfika" - top-klub.

- Bir vaqtlar sizga haqiqiy Sardor Rashidov qani deyishgandi...
- Ha, esimda. Men hech qaerga kyetmadim. Shu yerdaman...

Hozircha shu. Sardor Rashidov keyinchalik katta intervyu berishga vada berdi.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

"Nasonal" - "Feyrensi" 4:0. VIDEO


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia