Kun fotosi. Jiji Buffonning beshinchi jahon chempionati!

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2014, 09:39
Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluijji Buffon uchun Braziliyada davom etayotgan Jahon chempionati hisob bo'yicha beshinchisi bo'ldi.

JCH-1998. Fransiyaga 20 yashar Buffon “Parma” futbolchisi sifatida tashrif buyurgan va Janluka Palyuka (suratda o'ngda) hamda Anjelo Perucci (suratda markazda) dan so'ng Italiya terma jamoasining uchinchi darvozaboni bo'lgan. Takidlash joiz, mundial boshlanishi arafasida Perucci jarohat olgan va uning o'rnini Franchesko Toldo egallagan.

JCH-2002. Italiya Buffon bilan birga 1/8 finalga yetib kelgan. Lekin hakamning o'yinni “daxshat”li boshqarishi Janubiy Koreyani chorak finalga, Italiyani esa uyga ravona qilgan.  

JCH-2006. Bu jahon chempionati haqida ko'p gapirish shart bo'lmasa kerak.

JCH-2010. O'xshamagan mundial: Italiya terma jamoasi oddiy guruhdan (Paragvay, Slovakiya va Yangi Zelandiya) pley-offga chiqa olmagan. Ikki durang va guruhda so'nggi o'rin.

JCH-2014. Angliyaga qarshi kechgan ilk guruh o'yinini Buffon salomatligi bilan bog'liq muammo sabab o'tkazib yubordi. Kosta-Rika bilan o'yinda maydonga tushgan Jidi jamoasini sharmandali mag'lubiyatdan qutqarib qola bilmadi. Guruhning so'nggi hal qiluvchi o'yini Urugvayga qarshi bo'lib o'tadi. Bo'lajak uchrashuvda Buffon va uning gvardiyasiga omad tilaymiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com