Kulibali "Liverpul"ga o'tishga yaqin. Uning transfer narxi ham ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
3 may 2020
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali yozda jamoasini o'zgartirishga yaqin turibdi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, ayni damda senegallik uchun kurashda "Liverpul" g'olib bo'lib turibdi. Mersisaydliklar ushbu transferga Deyan Lovrenni ham qo'shmoqda.

Shuningdek, markaziy himoyachiga "Manchester Yunayted" va "Real" tomonidan ham qiziqishlar bo'lmoqda, biroq ular uchun bu transfer unchalik katta ahamiyatga ega emas. Oldinroq PSJ ham Kulibali bilan muzokaralar olib borgandi.

"Napoli" esa o'z himoyachisini 89 mln funtdan kamiga sotmoqchi emas.

Ushbu mavsumda 28 yoshli Kulibali A Seriyaning 11 o'yinida qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport