Krishtianu Ronaldu "Sporting"ga qaytishga yaqin

Alisher
14 may 2021
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Sporting"ga qaytishga yaqin.

Cuatro'ning ma'lumotiga ko'ra, futbolchi Lissabondan 7 million evroga shohona pentxaus xarid qilgan.

Ronaldu "Yuventus" bilan 2022 yilning yozida yakunlanadigan shartnomasini bekor qilmoqchi va "Sporting" bilan 2 yillik bitimga imzo chekmoqchi. Forvard doimiy tanqidlardan charqadi. Bundan tashqari, "Sporting" kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida o'ynaydi. "Yuventus"ning ishtiroki esa so'roq ostida.

Ronalduni maoshining keskin tarzda kamayishi qo'rqitmayapti. Manbaning xabariga ko'ra, u uchun faoliyatining so'nggida pul asosiy o'rinda emas.


AlisherMuallif
Manba: Cuatro