Koutino: "Balotelli birinchi bo'limda futbolkasini almashtirib xato qildi"

Aslanov Jasurbek
23 okt 2014, 11:06
"Liverpul" yarim himoyachisi Felippe Koutino "Real"ga qarshi o'yinda "qizillar" hujumchisi Mario Balotelli o'yini haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Balotelli? U ajoyib futbolchiligini hammamiz bilamiz va undan ko'nglimiz to'q. Bazida ishlar yurishmaydi, lekin u yaxshi futbolchi va tez orada gol ham ura boshlaydi. Hozir uni tanqid qilish juda oson, Balo o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatmayapti, bundan tashqari, birinchi bo'limdan keyin futbolkasini almashtirib xatoga yo'l qo'ydi" - deydi Koutino.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com