Koronavirus haqidagi hazil uchun Alliga jazo tayinlandi, u MYU bilan o'ynamaydi

Eldor Akmurzayev
11 iyun 2020, 20:40
“Tottenxem” a'zosi Dele Alli joriy yil fevralida koronavirus haqida chiqargan hazilomuz videoroligi uchun Angliya futbol uyushmasi tomonidan bitta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

24 yoshli futbolchi APL 30-turi doirasida “Manchester Yunayted”ga qarshi o'tadigan 19 iyun kungi bellashuvda qatnasha olmaydi. Shuningdek, FA Alliga 50 ming funt miqdorida jarima yozdi va ahloqini tuzatish uchun maxsus o'quv kursini o'tashni buyurgan.

Dele joriy mavsum klub safida 35 o'yinda o'tkazib, 9+6 natijaga erishdi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Guardian