Konte murabbiylar shtabiga hamyurtlari qo'shildi

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2017
“Chelsi” bosh murabbiy Antonio Kontening shartnomasi uzaytirilishi bilan yana ikki nafar italiyalik murabbiy klubga kelib qo'shilganini e'lon qildi.

Kontening yordamchilari sifatida klub murabbiylari shtabidan Paolo Vanoli va David Madzotta o'rin oldi. Ushbu murabbiylar Konte bilan Italiya termasi safida birga ishlashgan.

Eslatib o'tamiz, Konte “Chelsi” bilan sharnomasini 2019 yilgacha uzaytirdi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: официальный сайт «Челси»