Koman faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin

Оқил Абдубарноев
20 okt 2023, 00:54
Hujumchi Kingsli Koman "Bavariya"ni tark etishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchiga Angliya Premer-ligasi jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsum Koman "Bavariya" tarkibida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq qatarlik shayx "Manchester Yunayted"ni sotib olsa, jamoaga Kingslini olib kelmoqchi ekanligi to'g'risida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Ekremkonur