Klopp Ramos haqida: "Serxio ajoyib futbolchi, ammo..."

Omonjon To`xtamirzayev
31 okt 2024
"Liverpul" sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp markaziy himoyachi Serxio Ramos haqida fikr bildirdi.

"Ramos ajoyib futbolchi. Buni inkor etib bo'lmaydi. Ammo uni sevimli futbolchim deya olmayman. Doimo markaziy himoyachilarni yoqtirganman", - deya germaniyalik mutaxassis so'zlaridan iqtibos keltiradi "Sport1.de". 

Ayni paytda Ramos erkin agent hisoblanadi. 38 yoshli futbolchining oxirgi jamoasi "Sevilya" edi. Faoliyatining katta qismini Serxio Madridning "Real" klubida o'tkazgan, keyinchalik PSJ tarkibida ham to'p tepishga ulgurdi. Ispaniya terma jamoasi safida himoyachi 180 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 23 ta gol yozdirib qo'ydi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Mirror