Klopp: "Liverpul" transferlar oynasida faol bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
23 may 2021
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp ayni damdagi tarkibdan ko'ngli to'layotganini va transferlar oynasiga unchalik katta e'tibor bermasligini aytib o'tdi.

"Transferlar oynasida qanchalik faol yoki passiv bo'lsak ham, natijalarda buni bahona qilmaymiz. Oldingidek ishlayveramiz: pul bo'lsa ishlatamiz, bo'lmasa aksincha. Biroq hozirgi holatimizda transferlar oynasida faol bo'la olmaymiz.

Jamoamdan mamnunman. Tarkibni kuchaytirish mumkinmi? Ha, istalgan tarkibni kuchaytirish mumkin. Ammo qanday qilib - bilmayman. Shu tarkibning o'zi bilan ham ko'p ishlarni bajarsa bo'ladi", - dedi Klopp.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal