Klaudio Raneri kechagi uchrashuvdan so'ng Shomurodov haqida fikr bildirdi

Khoja
21 fev 2025, 08:21
Roma - Portu (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Klaudio Raneri Shomurodov haqida fikr bildirdi.

U gol urmaganidan xafa bo'ldim. Chunki Shomurodov maydonda juda ko'p harakat qiladi, u mehnat qilishdan to'xtamaydigan futbolchi. Men uni yaxshi ko'raman. U har doim hammaga yordam berishga tayyor. U nafaqat qattiq mehnat qiladi, balki uning texnikasi va maydonni ko'rish qobiliyati ham yuqori. - dedi bo'rilar ustozi.


KhojaMuallif
Manba: romapress.net