Kiron Dayer faoliyatini yakunladi

31 iyul 2013, 15:47
Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Kiron Dayer futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi, deya xabar bermoqda "Sky Sports".
34 yoshli futbolchining eng so'nngi klubi "Midlsboro" bo'ldi. Futbolchining so'zlariga ko'ra u juda charchagan va endi dam olmoqchi. U hozirgi vaqtda tinimsiz mashg'ulotlarda qatnashish va o'yinlarda maydonga tushishga o'zida kuch topa olmasligini takidlagan.

Kiron Dayer faoliyati davomida "Ipsvicha", "Nyukasla", "Vest Xema", "KPR" va "Midlsbro" kabi klublarda to'p surgan. Shuningdek u o'z vaqtida Angliya terma jamoasiga jalb etilgib, 33 o'yinda maydonga tushgan. Terma tarkibida u 2002 yilgi Jahon Chempionati va 2004 yildagi Yevropa Chempionatida ishtirok etgan.

Manba: football.kulichki.net