Kike Seten: "Chorak finalda “Bavariya”ga oson bo'lmaydi, "Barselona"ga ham..."

9 avg 2020, 08:21
“Barselona” bosh murabbiyi Kike Seten YCHL 1/8 finalida “Napoli”ga (3:1) qarshi bellashuvdan keyin o'z fikrlarini bayon etdi.

“Biz aynan ushbu bosqichda birinchi muhim qadamni tashlab, keyingi bellashuvlarni ham xuddi bugungisi singari  entuzizam bilan kutishni istagandik. Jamoa yaxshi o'yin ko'rsatdi va g'alabaga haqli edi.

Chorak finalga yo'l olish oson kechmadi. Aql bilan himoyalanishga to'g'ri keldi. Biz Italiyaning ayni paytdagi eng yaxshi jamoalaridan biri bilan kuch sinashdik.

Menimcha, Messi bilan hammasi joyida. U raqib himoyachisidan yaxshigina zarba qabul qilib oldi, ammo  bu unga qandaydir muammolar tug'diradi, deb o'ylamayman.

Keyingi bosqichda barcha raqiblar kuchli, o'yinlar qiyin kechadi. Chorak finalda “Bavariya”ga oson bo'lmaydi, bizga ham. Bu ajoyib kuchga ega jamoa, biz ham.

Men Gattuzoni jamoasida qisqa vaqt ichida amalga oshira olgan ishlari bilan tabrikladim. U neapolliklar bilan ajoyib natijaga erishmoqda. Kundan kunga ular kuchayib borishmoqda. Bu Jennaroning xizmatidir. Men uning muxlisiman”, dedi Seten.



Manba: Marca