Kezaning tiklanish muddati cho'zilmoqda

Sherzod Nurmatov
12 sen 2022
Italiyalik futbolchi bu yil maydonga tushmasligi mumkin.

"Yuventus" vingeri Federiko Keza yanvarda safga qaytadi. Bu haqda "byankoneri" bosh murabbiyi Massimiliano Allegriga tayanib, "Football Italia" xabar bermoqda.

Dastlab futbolchi kuzda maydonga qaytishi taxmin qilingandi. Ammo so'nggi xabarlarga ko'ra, 24 yoshli italiyalikning jarohatdan tiklanishi kechikmoqda.

Avvalroq "Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogbaning tiklanish vaqti haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia