

“Angliyada iqtidorlar tanlovi juda katta, ular 1966 yildan beri eng raqobatbardosh tarkibga ega bo'lib turibdi (o'sha yili britaniyaliklar o'z tarixidagi yagona mundial chempionligini qo'lga kiritgan).
Men Rio Ferdinand, Pol Skoulz va Devid Bekxemlar davrida ishlaganman, ammo bu Angliyaning darajasi boshqa.
Ularda har o'yinda g'alaba qozonish uchun yaqqon imkoniyat bor, bu ularni juda va juda xavfli qiladi”, deydi Keyrush.



