Kazemiro: "YCHL va Ispaniya chempionatida g'alaba qozonmoqchimiz"

Tolibjon Qosimov
1 may 2017
"Real" yarim himoyachisi Kazemiro "qaymoqranglilar" bu mavsum YCHLni ham, Ispaniya chempionatini ham yutmoqchi ekanliklarini aytib o'tdi.

"Real"da qo'yiladigan talablardan biri - sen hamisha g'alaba qozonishga tayyor bo'lishing kerak. Biz har ikki musobaqa ham qanchalik muhim ekanligini bilamiz. Birinchi navbatda Chempionlar ligasi, bu o'zgacha turnir. Lekin, biz Ispaniya La Ligasida g'olib chiqishni ham juda istaymiz. Chempionatda o'yindan-o'yinga g'alabalarni qo'lga kiritib borayapmiz, endi esa Chempionlar ligasi haqida ham o'ylaymiz", - dedi Kazemiro.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com