Kavanining otasi: “O'g'limga PSJ bilan hech qachon YCHLni yutolmasligini aytdim”

26 noya 2019, 22:49
PSJ hujumchisi Edinson Kavanining otasi, Luis Kavanining aytishicha, francuz klubi hech qachon Yevropa chempionlari ligasida g'olib chiqa olmaskan.

“YCHLdan g'olib chiqish – o'g'limning orzusi. U o'zining uyidagi stolda “PSJ- 2019 yilgi Yevropa chempioni” degan yozuvni tushirib olgan. Men bunga kulib, yozuv tagiga javob qaytarib qo'ydim: “xa-xa-xa”. O'ylashimcha, hali u bunga e'tibor qaratgani yo'q, ammo vaqti kelib u mening yozuvimni o'chirib tashlashi aniq.

Men unga bu klub bilan Fransiyadagi barcha sovrinlarni yutishini, ammo hech qachon PSJ tarkibida YCHLda g'olib chiqa olmasligini aytdim. Futbolda ko'p pul sarflab ham, hamma narsani yutib bo'lmaydi”, deydi futbolchining otasi.


Manba: AS