Kavani Bekxemning taklifini rad etdi

Mirjalol Normatov
20 okt 2019, 15:56
PSJ hujumchisi Edinson Kavani sobiq futbolchi Devid Bekxemning "Inter Mayami"ga o'tishi borasidagi taklifiga rad javobini berdi.

32 yoshli futbolchining jamoasi bilan shartnomasi ushbu mavsumdan keyin yakunlanadi va u Yevropada qolishni istaydi. Ayni damda uning xizmatlariga "Yuventus" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalar qiziqish bildirishmoqda.

Devid Bekxem tashabbusi bilan ochilayotgan "Inter Mayami" jamoasi kelasi yildan MLSdagi ishtirokini boshlaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail