Jovanni van Bronkxorst Osiyoda ish boshlashi mumkin

Alisher
3 yanv 2020, 11:20
"Feyenoord" sobiq bosh murabbiyi Jovanni van Bronkxorst faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.

Gollandiyalik mutaxassisga "Guanchjou Fuli"dan taklif bor.

Oldinroq, van Bronkxorst "Feyenoord"da 2015-2019 yillar davomida faoliyat olib borgan edi.

Keyinroq bir necha oy davomida "Manchester Siti"ga egalik qiluvchi The City Group'da ishladi.

Eslatib o'tamiz, sobiq futbolchi "Arsenal" bilan APLni, "Barselona" bilan esa ikki marta La Ligani yutgan.


AlisherMuallif
Manba: AD