Jibril Sidibe "Monako"dan ketdi

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022
"Monako" matbuot xizmati Jibril Sidibe bilan xayrlashilganini ma'lum qildi.

29 yoshli futbolchi jamoa tarkibida 174 o'yinda qatnashib, 6 gol urdi va 23 assist qayd etdi.

Sidibe 2016 yildan buyon monegasklar tarkibida o'ynamoqda. Faqatgina 2019/20 yilgi mavsumda u "Everton"da ijarada o'ynadi.

Himoyachi "Monako" bilan 2017 yili mamlakat chempioni bo'ldi, shuningdek, 2018 yili jahon chempionligini qo'lga kiritdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal