Jerrard: "Liverpul" Klopp bilan albatta muvaffaqiyatga erishadi"

Aslanov Jasurbek
23 dek 2015, 15:18
"Liverpul" sobiq sardori Stiven Jerrardning takidlashicha, qizillar Yurgen Klopp qo'l ostida muvaffaqiyatga erishishi mumkin.

"O'ylashimcha, futbolchilar juda mamnun. Bunday murabbiy bilan ishlash - hamma uchun faxr. Yosh yoki tajribali bo'lishining farqi yo'q. Jamoadagi atmofsera juda ajoyib. Hamma xursand.

Yurgen - juda xushchaqchaq inson. Undan ko'p narsa o'rgandim. "Liverpul" Yurgen bilan muvaffaqiyatga erishadi.

Jamoaning so'nggi natijalari xursand qilyapti. "Lester" hayron qoldirmoqda, ammo hammasi yana o'zgarishi mumkin. "Liverpul"ga omad tilayman" - deydi Jerrard.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Газета.ру