Jerrard: “Futbolchilarim bilan faxrlanaman”

27 fev 2020, 08:07
“Reynjers”ni Yevropa Ligasi 1/8 finaliga olib chiqqan Stiven Jerrard “Braga”ga qarshi bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Futbolchilarim bilan faxrlanaman. Ular qoyilmaqom o'yin ko'rsatdi. Bu tasodif emas. Bu mehnatlar natijasi. Imkoniyat bo'lishini bilardik. Bugun esa natijadan rohatlanishimiz kerak”, - deydi Stiven Jerrard.

Yevropa Ligasi 1/8 finaliga 28 fevralda qur'a tashlanadi.


Manba: UEFA.com