Yens Lemann: "Germaniyada "Bavariya"ga raqobatchi bo'lmagan, bo'lmaydi ham"

Tolibjon Qosimov
17 fev 2014, 13:21
Germaniya terma jamoasi sobiq posboni Yens Lemann ichki chempionatda "Bavariya"ga munosib raqobatchi yo'qligini ma'lum qildi.
– Afsuski, ayni paytda "Bavariya"ga hech qaysi klub munosib raqobatchilik qila olmayapti, – deydi Lemann "sport1.de" nashriga. – Myunxenliklar homiylar bilan yaxshi ishlashmoqda va klubni ancha pul topadigan qilishmoqda. Bu yaxshi transferlarni amalga oshirishga imkon bermoqda. "Bavariya" raqobatchilarga pul berib tursa ular Myunxen klubiga yetib olishlari mumkin.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru