JCH-2026. Misr nimchorak finalga yo'l oldi, Osiyodan hech kim qolmadi

4 iyul 2026, 01:50
JCH-2026ning 1/16 finalidan o'rin olgan Avstraliya - Misr bahsi o'tkazilmoqda.

Uchrashuv zerikarli o'tdi. Hisobni misrliklar ochishgandi. Biroq keyinchalik Muhammad Hani ushbu turnirdagi o'zining ikkinchi avtogolini urib qo'ydi. G'olib asosiy va qo'shimcha bo'limlarda aniqlanmadi va penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Unda Afrika qitasi vakillarining omadi keldi. Shu orqali Osiyo qitasidagi barcha termalar JCH-2026dagi ishtirokini yakunladi.

Misr 1/8 finalda Argentina yoki Kabo-Verde bilan o'ynaydi.

Avstraliya - Misr 1:1 (penaltilar seriyasi - 2:4)

Gollar: Emam Ashur (13, Karim Hafez, 0:1), Muhammad Hani (55, avtogol, 1:1).

Avstraliya: Patrik Bich (Metyu Rayan, 119), Alessandro Chirkati, Xarri Sauttar, Lukas Herrington, Jordan Bos (Kay Trevin, 45), Jekson Irvayn, Ayden O'Nill (Pol Okon-Engstler, 90), Aziz Behich, Kristian Volpato (Aydin Xrustich, 74), Konnor Metkalf (Auer Mabil, 90), Nestori Irankunda (Muhammad Ture, 74).

Misr: Mustafo Shobeyr, Karim Hafez (Mahmud Trezege, 80), Rami Rabia, Yasser Ibrohim, Muhammad Hani, Marvon Attiya (Mahmud Sober, 120), Hamdi Fathi (Hossam Abdelmagid, 67), Emam Ashur, Umar Marmush (Hamza Abdelkarim, 105), Muhammad Saloh, Mustafo Ziko (Haysam Hassan, 67).

Ogohlantirishlar: Yasser Ibrohim (120), Haysam Hassan (105).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia