

Qatardagi mundial bilan erta xayrlashgan Meksikada ham murabbiy ishdan ketdi.
“Natijaga men javobgarman. Shartnomam final xushtagi bilan birga yakunlandi”, degan Saudiya Arabistoni bilan bahsdan keyin Xerardo Martino.
60 yoshli argentinalik 2019 yildan beri meksikaliklarni boshqarib kelayotgandi. Jamoa uning qo'l ostida 2019 yil KONKAKAF Oltin kubogi sohibiga aylangan.



