Javohir Sohibov va rossiyalik futbolchi "Navbahor"ga keldi

Narzulla Saydullayev
20 yanv 2018, 21:53
"Navbahor"ning selekciya ishlari davom etmoqda. Xususan, bugun tarkibga ikki nafar futbolchi qo'shildi.

Ulardan biri "Paxtakor" jamoasidagi ishtiroki orqali muxlislarga yaxshi tanish Javohir Sohibovdir. 

Yana bir yarim himoyachi Asamaz Buraev esa Rossiyadan taklif etildi. 1990 yilda tug'ilgan yarim himoyachi (bo'yi 180 sm.) o'tgan mavsumni Qozog'istonda o'tkazgan. Toldiqo'rg'onning "Jetisu" klubi safida to'p surib, jamoani mamlakat Premer-ligasiga yo'l olishiga hissa qo'shgan. Futbolchi faoliyatini 2008 yili Vladikavkazning "Avtodor" klubida boshlagan. Qozog'iston klubiga kelgunga qadar Buraev "Avtodor" (Vladikavkaz), "Spartak" (Nalchik), "Alaniya" (Vladikavkaz), "Mashuk-KVM" (Pyategorsk), "Luch-Energiya" (Vladivostok), "Gandzasar-Kapan" (Kapan), "Bananc" (Erevan),  "Arvamir" (Armavir), "Alashkert" (Martuni) kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Rossiyalik futbolchining xatti-harakatlari murabbiylarimizga manzur bo'lsa "Navbahor" a'zosiga aylanishi mumkin.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати